Tramp Rossiya bilan savdo qilayotgan davlatlarni yana ogohlantirdi

Foto: Getty images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Donald Tramp Kongressda Rossiya bilan savdoni davom ettirayotgan davlatlarga qarshi yangi sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlanayotganini aytdi. Bu haqda u 16-noyabr kuni Floridada jurnalistlar savollariga javob berar ekan ma’lum qilgan.

Trampga ko‘ra, respublikachilar tayyorlayotgan hujjat Rossiya bilan biznes olib borayotgan har qanday davlatga kuchli cheklovlar qo‘llash imkonini beradi. Prezident gapida Eron ham bunday ro‘yxatga kiritilishi mumkinligini aytdi.

AQShda Rossiyaning asosiy savdo hamkorlariga 500 foizgacha boj qo‘llash g‘oyasi ilk bor aprel oyida muhokama qilingan edi. Senatorlar Lindsi Grem va Richard Blyumental o‘sha vaqtda Rossiyadan neft, gaz, uran va boshqa tovarlarni xarid qilayotgan, lekin Ukrainaning mudofaasini qo‘llamagan davlatlarga keskin boj joriy etishni taklif qilgan.

Gremning aytishicha, Hindiston va Xitoy Rossiya neftining 70 foizini sotib olib, Moskvaning harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlamoqda. Uning tashabbusini Senatda 84 nafar senator qo‘llab-quvvatlagan.

Shu yil yozda Tramp avvaliga Grem taklifini ma’qullagandek ko‘ringan, biroq keyinchalik 500 foizlik boj stavkasini ma’nosiz deb atagan. Uning fikricha, 100 foizli boj ham xuddi shunday ta’sir ko‘rsatadi.

Iyul oxirida AQSh Hindistondan import qilinadigan ayrim tovarlarga 25 foiz boj qo‘lladi. Qaror ushbu davlat Rossiyadan neft xaridini davom ettirayotgani bilan izohlangan.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Tramp 200 dan ortiq oziq-ovqat mahsulotiga qo‘yilgan bojlarni bekor qilgani haqida yozgan edi.

Reuters yozishicha, bu chorani amerikaliklarning inflyatsiya bo‘yicha xavotirlari kuchaygani keltirib chiqargan. Tramp avval yuqori import bojlari inflyatsiyani oshirmasligini ta’kidlab kelgandi. Ammo jurnalistlar savoliga javob berarkan, u bojlar “ba’zi holatlarda” narxlarning o‘sishiga olib kelishi mumkinligini tan olgan.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.