AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy qurollarni kamaytirish bo‘yicha Rossiya va Xitoy bilan muzokaralar ketayotganini bildirdi. U bu masalani Vladimir Putin va Si Szinpin bilan muhokama qilganini aytdi.
Trampning aytishicha, yirik davlatlar qurollanishga ketayotgan ulkan mablag‘larni foydaliroq yo‘nalishlarga sarflash zarurligini tushunmoqda.
«Biz yadroviy qurolni qisqartirish masalasini muhokama qildik. Bu haqda Vladimir Putin va Si Szinpin bilan ham gaplashdim. Hamma bu mablag‘larni boshqa foydali ishlar uchun sarflash kerakligini tan oladi», — dedi Tramp.
Qaynoq24.uz nashri Xitoy AQSh tovarlariga qo‘llanilgan 24 foizlik bojni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

