AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaning muvaqqat hokimiyati AQShga 30–50 million barrel neft topshirishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, sanksiya ostidagi mazkur neft bozor narxida sotiladi va tushgan mablag‘lar AQSh prezidenti nazoratida bo‘ladi.
Trampning aytishicha, daromadlar Venesuela va AQSh xalqi manfaatlari yo‘lida sarflanishi kerak. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
AQSh rahbari mazkur rejani zudlik bilan amalga oshirish vazifasini energetika vaziri Kris Raytga topshirganini bildirdi. Neft maxsus saqlash kemalari orqali olib ketilib, bevosita AQSh portlarida tushirilishi rejalashtirilgan.
Tramp, shuningdek, AQSh neft kompaniyalari Venesuela neft sanoatini qayta tiklashda ishtirok etishini ta’kidladi. Mazkur bayonot AQSh–Venesuela munosabatlarida yangi bosqich boshlanishi mumkinligidan dalolat bermoqda.
Qaynoq24.uz Tramp AQShning Venesueladagi faoliyati 18 oy davom etishi mumkinligini aytgani haqida yozgan edi.

