Tramp Venesuelani misli ko‘rilmagan zarba bilan ogohlantirdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, bu holat AQShning mintaqadagi harbiy faolligi oshishi fonida yuz beradi.
Trampning yozishicha, Venesuela AQShga o‘g‘irlangan barcha neft, yer va boshqa aktivlarni qaytarishi lozim. U Venesuela rasmiylarini AQSh manfaatlariga zid harakatlarda aybladi.
Shuningdek, AQSh prezidenti avvalroq Venesueladagi amaldagi hokimiyatni terrorchi tashkilot sifatida tan olganini eslatdi. Tramp bu qarorni Nikolас Maduro boshchiligidagi hukumatni “noqonuniy rejim” deb atab, uning neft daromadlaridan o‘zini moliyalashtirish, narkoterrorizm, odam savdosi, qotilliklar va odam o‘g‘irlash kabi jinoyatlarni qo‘llab-quvvatlashda foydalanayotgani bilan izohladi.
Rasmiy Karakas mazkur bayonotlarga hozircha munosabat bildirmagan.
Qaynoq24.uz Venesuela AQShdan havo hududiga hurmat bilan yondashishni talab qilgani haqida yozgan edi.

