Turkiyaning Kojaeli viloyatiga qarashli Dilovasi tumanida joylashgan atir ishlab chiqaruvchi korxonada yong‘in yuz berdi. Sabah nashrining yozishicha, voqea 8-noyabr kuni sodir bo‘lgan.
Zavod binosini o‘rab olgan alangani o‘chirish uchun ko‘plab o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. Yong‘in tez tarqalgan, sabablari esa hozircha noma’lumligicha qolmoqda. Hodisa to‘liq o‘chirilgani aytilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inda olti kishi halok bo‘lgan. Yana bir kishi jarohatlangani bildirilgan.
Turkiya rasmiylari voqea bo‘yicha tergov boshlagan.
Qaynoq24.uz nashri Indoneziyadagi masjidda portlash sodir bo‘lgani haqida yozgan edi.

