Uchta hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Uchta hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, har uchala holatta ham jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tayloq tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi A.N. va boshqalar umumiy elektr tarmog‘iga suv nasoslarini yashirincha ulab, 452,1 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “A.S.” xususiy korxonasi rahbari J.N. noturar binoda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 163,1 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.

Chortoq tumanida o‘tkazilgan tekshiruvda fuqaro N.A. noturar binoda savdo maqsadida elektr tarmog‘iga suv nasosi va boshqa jihozlarni hisoblagichdan tashqari ulagan. Ushbu noqonuniy ulanish oqibatida 130,8 million so‘mlik elektr energiyasi talafotga uchragani qayd etildi.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.