Uorren Baffett 1,3 mlrd dollarni xayriya qiladi

Foto: WSJ
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Uorren Baffett o‘zining maktubida 1,3 mlrd dollar qiymatidagi Berkshire Hathaway aksiyalarini to‘rtta oilaviy jamg‘armaga berishini bildirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda. U yil oxirida bosh direktor lavozimini topshirishidan oldin aksiyadorlarga murojaat qilgan.

95 yoshli investor 1,8 ming dona “A” aksiyasini 2,7 mln dona “B” aksiyaga aylantiradi. Shundan 1,5 mln dona aksiyani marhum rafiqasi nomidagi Susan Thompson Baffett jamg‘armasiga topshiradi. Yana 400 ming donadan Xovard G. Baffett jamg‘armasi, The Sherwood Foundation va NoVo jamg‘armalariga beradi.

Baffett 2006-yildan beri Geyts jamg‘armasi hamda farzandlari jamg‘armalariga muntazam xayriya qilib keladi. Keyinchalik u Bill va Melinda Geyts bilan birga Giving Pledge tashabbusini boshlab, boylikni umr davomida yoki vafotidan keyin ehson qilishni maqsad qilgan edi. O‘tgan yili u vafotidan keyin Geyts jamg‘armasi endi xayriya olmaydi, mablag‘lar ustidan nazoratni esa qizi va ikki o‘g‘li boshqarishi ma’lum qilingan.

Baffett yil oxirida CEO lavozimini Greg Abelga topshirishi kutilmoqda. Uning maktublari ko‘p yillardan beri investorlar uchun muhim manba bo‘lib kelgan. U endi yillik hisobotga maktub yozmaydi, lekin an’anaviy Shukronalik kuni xati orqali aksiyadorlarga murojaat qilishni davom ettiradi.

Baffett o‘zi kim?

Foto: Financial Times

Uorren Baffett dunyoning eng mashhur investorlaridan biri hisoblanadi. U uzoq muddatli sarmoya siyosati bilan tanilgan va aksiyalarni arzon vaqtda olib, yillar davomida ushlab turish orqali katta daromad oladi. Baffett 1965-yildan beri Berkshire Hathaway kompaniyasini boshqarib keladi.

Kompaniya GEICO sug‘urtasi, BNSF temir yo‘l operatori, Duracell, See’s Candies kabi yirik bizneslarga egalik qiladi va Apple hamda Coca-Cola’da katta ulushga ega.

U xayriya ishlarining eng yirik homiylaridan biridir. 2006-yildan beri u har yili milliardlab dollarni jamg‘armalarga beradi. Bill va Melinda Geyts bilan birga Giving Pledge tashabbusini boshlab, boylikni umr davomida yoki vafotidan keyin xayriyaga yo‘naltirishni maqsad qilgan.

Qaynoq24.uz nashri Jeff Bezosning sobiq turmush o‘rtog‘i Makkenzi Skott Amazon’dagi ulushini 12,6 milliard dollarga kamaytirgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.