Uy-joy sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha yangi farmon qabul qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi. Bu borada Prezidentning “Aholini uy-joy bilan ta’minlash ishlarini jadallashtirish va ko‘p kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjat 24-fevral kuni PF–29-son bilan tasdiqlandi. Farmonda uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylar bozorida talabga mos taklifni oshirish ham muhim vazifa sifatida qayd etilgan. Bu orqali aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini yanada kengroq qondirish ko‘zda tutilmoqda.

Farmonga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylar qurilishida yer ajratish va ruxsat berish jarayonlari soddalashtiriladi. Natijada investitsiya va qurilish davri davomiyligi 1,5 baravargacha qisqartiriladi.

Hujjatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlarni tanlash ham nazarda tutilgan. Belgilangan mezonlarga mos keladigan loyihalarga “Yangi O‘zbekiston” massivlari maqomi beriladi va ularga amaldagi moliyalashtirish hamda qurilish tartiblari qo‘llaniladi.

Shuningdek, yangi massivlarda zamonaviy infratuzilma yaratishga alohida e’tibor qaratiladi. Yo‘l-transport tizimlarini loyihalashda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejamkor texnologiyalar va muqobil issiqlik tizimlaridan keng foydalanish rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz qurilish ishlarining qariyb 70 foizi bino va inshootlarga to‘g‘ri kelgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.