Uy va avtomobillarni endi elektron to‘lov orqali xarid qilish mumkin

Foto: Sputnik
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarni belgilovchi Prezident Farmoni (PF–246, 10.12.2025) qabul qilindi. Hujjatda 2030-yilgacha bo‘lgan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab berildi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi vazifalar ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi:

  • Yalpi ichki mahsulotga nisbatan kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushini 1,3 baravarga qisqartirish;
  • Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholining naqd pulsiz to‘lovlari ulushini 75 foizga yetkazish.

Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab bir qator yo‘nalishlarda to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bular:

  • davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar;
  • elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi;
  • yoqilg‘i quyish shoxobchalarida aholiga neft-gaz mahsulotlari sotish hamda elektrotransportlarni quvvatlantirish xizmatlari;
  • 25 million so‘mdan yuqori qiymatdagi tovar va xizmatlar;
  • ko‘chmas mulk obyektlari, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifasidagi transport vositalari hamda maxsus texnikalar oldi-sotdisi.

Farmon naqd pulsiz iqtisodiyotni jadallashtirish, shaffoflikni oshirish va pul aylanmalarini raqamlashtirishni maqsad qilgan.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar tizimini rivojlantirish uchun “oriGIn Uzbekistan” tashkil etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.