UzAuto Motors: bir soat ichida Cobalt uchun 53 mingdan ortiq shartnoma onlayn tarzda rasmiylashtirildi

Foto: UzAuto Motors
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2025-yil 3-noyabr kuni Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiya boshlanganidan so‘ng, soat 11:00 holatiga ko‘ra uzavtosavdo.uz platformasida 53 911 dan ortiq shartnomalar muvaffaqiyatli rasmiylashtirildi. Bu haqda UzAuto Motors xabar bermoqda.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, jarayon davomida UzAutoSavdo onlayn tizimi 30 ta kiberhujumga uchragan, biroq tizim barqaror ishlashda davom etgan. Shu vaqt oralig‘ida platformada 165 mingdan ortiq faol seans qayd etilgan, soniyasiga esa 1 180 dan ortiq yangi foydalanuvchi kirishi aniqlangan.

Kompaniyaning Call-markazi faoliyat hamda texnik muammolar bilan bog‘liq 584 ta murojaatni qabul qilib, ko‘rib chiqqan.

UzAuto Motors onlayn shartnomalarda mavjud maxsus QR-kod orqali hujjatning haqiqiyligini tekshirish zarurligini yana bir bor eslatdi. QR-kodsiz tuzilgan hujjatlar kompaniya yoki Chevrolet rasmiy dilerlariga aloqador emas.

Shuningdek, kompaniya avtomobillar kontraktatsiyasiga oid barcha rasmiy ma’lumotlar faqat rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinishini ma’lum qildi.

Qaynoq24.uz nashri yangilangan Chevrolet Cobalt va Damas taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.