Valyuta kurslari yangilandi: dollar va yevro arzonladi

Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 13-fevral uchun xorijiy valyutalar kursi yangilandi. Dollar 11,73 so‘mga tushdi va 12 275,58 so‘mni tashkil etdi.

Yevro ham pasaydi. Uning kursi 52,04 so‘mga arzonlab, 14 591,98 so‘m etib belgilandi. Britaniya funti 73,76 so‘mga kamayib, 16 754,94 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 63,31 so‘mga tushib, 15 981,75 so‘mni tashkil etdi.

Rubl esa aksincha, 0,26 so‘mga ko‘tarilib, 159,09 so‘m bo‘ldi. Yaponiya iyenasi 0,08 so‘mga o‘sib, 80,28 so‘m etib belgilandi. Xitoy yuani ham 0,59 so‘mga ko‘tarilib, 1 778,73 so‘mni tashkil etdi.

Qaynoq24.uz 12-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilashi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.