Venesuela hukumati siyosiy mahbuslarni ozod qila boshladi

Foto: EPA
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Venesuela hukumati inson huquqlari tashkilotlari tomonidan siyosiy mahbus sifatida baholanayotgan ayrim hibsga olinganlarni ozod etishni boshladi. BBC’ga ko‘ra, ushbu qaror “yaxshi niyat belgisi” sifatida qabul qilingan.

Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi besh nafar o‘z fuqarosi, jumladan, ikki fuqarolikka ega bir shaxs ozod qilinganini ma’lum qildi. Ular orasida inson huquqlari faoli Rosio San Migel ham borligi aytilmoqda.

Mazkur qadam AQSh maxsus amaliyoti natijasida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakasda qo‘lga olinib, Nyu-Yorkda giyohvand moddalar savdosi bo‘yicha ayblovlar yuzasidan javobgarlikka tortilishi ortidan amalga oshirildi.

Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges davlat televideniyesida “sezilarli miqdordagi mahbuslar” yaqin vaqt ichida ozod etilishini ma’lum qildi. Biroq u ozod qilinganlar soni va shaxsi haqida aniq ma’lumot bermadi.

Inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, hozirda Venesuela qamoqxonalarida yuzlab siyosiy mahbuslar saqlanmoqda. Ayni paytgacha esa ularning faqat oz qismi ozod qilingani aytilmoqda.

Ozod etilganlar orasida xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha ekspert Rosio San Migel borligi tasdiqlandi. U 2024-yil fevral oyida Karakas yaqinidagi Mayketiya aeroportida hibsga olingan edi. O‘shanda unga davlatga xiyonat, fitna va terrorizm ayblovlari qo‘yilgan.

Qaynoq24.uz Donald Tramp Venesuelaning muvaqqat hokimiyati AQShga 30–50 million barrel neft topshirishini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.