Venesuelaga noma’lum yuk ortilgan Rossiya samolyoti yetib bordi

Foto: Vikipediya
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Venesuelaga Rossiyadan noma’lum yuk olib ketgan harbiy-tashuv samolyoti yetib kelgani aniqlandi. FlightRadar24 ma’lumotlariga ko‘ra, “Aviakon Sitotrans” aviakompaniyasiga tegishli Il-76TD samolyoti 22-oktabr kuni Rossiyadan havoga ko‘tarilgan.

Parvoz davomida samolyot Armaniston, Jazoir, Marokash, Senegal va Mavritaniyada to‘xtab o‘tgan. Yukning mazmuni hozircha ochiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, “Aviakon Sitotrans” 2023-yil yanvarida AQSh tomonidan qurol tashish bilan bog‘liq sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Ushbu parvoz Donald Trampning Venesuelada “quruqlik operatsiyasi” o‘tkazish haqidagi ogohlantiruvlari fonida amalga oshirilgani e’tiborni tortdi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.