Vengriya Yevropa Ittifoqini tanqid qildi

Foto: Anadolu
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Vengriya hukumati vakili Zoltan Kovach Yevropa Ittifoqini (YI) Kolledj Evropasi bilan bog‘liq korrupsiya va firibgarlik ishlariga oid tergov sababli tanqid qildi. Siyosatchi bu fikrini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan.

Kovachning so‘zlariga ko‘ra, Briusselning barchaga ‘qonun ustuvorligi’ haqida dars berishi kulgili, chunki uning o‘z institutlari faoliyati ko‘proq kriminal serialga o‘xshaydi, haqiqiy ittifoqga emas.

Avvalroq, Belgiya politsiyasi YI sobiq tashqi ishlar va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Federika Mogerinini firibgarlik ishi bo‘yicha ushlagan. Tergov doirasida YEI Tashqi aloqalar xizmatining sobiq bosh kotibi Stefano Sannino ham hibsga olingan.

Mogerini va Sannino Yevropa kollejida rahbar lavozimlarda ishlaydi, bu yerda kelajakdagi yevrodiplomatlar tayyorlanadi. Tergov davlat shartnomalarini tuzishda firibgarlik, korrupsiya va professional sirni buzish bilan bog‘liq voqealarni o‘rganmoqda.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish bo‘yicha bitim ma’qullangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.