Vivo X300 Ultra qanday kamera bilan chiqadi

Foto: Vivo
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Vivo kompaniyasi yangi flagman modeli Vivo X300 Ultra bilan smartfon videografiyasi darajasini yangi bosqichga olib chiqmoqchi. Qurilma professional videokamera funksiyalarini smartfon darajasida taklif qilishga urinmoqda. Bu haqda Gizchina nashri ma’lum qildi.

Modelning eng muhim jihati shundaki, undagi uchta kamera ham bir xil darajada video yozishga qodir. Smartfonning keng burchakli, asosiy va telefoto kameralarining barchasi 4K 120 fps va 10-bit Log formatida video yozishni qo‘llab-quvvatlaydi. Odatda bunday imkoniyat faqat asosiy sensor uchun mavjud bo‘ladi.

Qurilmada professional video sifatiga yaqinlashish uchun APV 422 kodlash formati qo‘llanadi. Bu texnologiya smartfon videosini kinokamera darajasiga yaqinlashtirishga qaratilgan. Shuningdek, kamera tizimi Zeiss Master Lens Trinity optik modullariga asoslangan bo‘lib, barcha fokus masofalarida optik stabilizatsiya ishlaydi.

Foto: Vivo

Smartfon videografiya uchun yana bir muhim imkoniyatni ham taklif qiladi. Qurilmada 3D LUT rang sozlamalarini yozuv vaqtida yuklash mumkin. Bu esa video rangini suratga olish jarayonidayoq professional tarzda kalibrlash imkonini beradi. Shuningdek, tizim ACES kino ishlab chiqarish workflow’lari bilan ham mos keladi.

Vivo yangi modelda ovoz yozishga ham e’tibor qaratgan. Qurilmada to‘rtta mikrofon mavjud bo‘lib, ular turli vaziyatlar uchun olti xil audio rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bilan birga, oddiy foydalanuvchilar uchun Film Style va Film Look kabi tayyor kinouslubdagi filtrlar ham taqdim etiladi.

Texnik jihatdan ham smartfon flagman darajasida bo‘ladi. U Snapdragon 8 Elite protsessori bilan ishlaydi. Qurilmada taxminan 7000 mA/soat batareya, 100 W tezkor zaryadlash va 6,82 dyuymli 2K LTPO displey bo‘lishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz Vivo V70 smartfoni qanday imkoniyatlarga ega ekanligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.