Vivo X300 Ultra qanday xususiyatlar bilan chiqadi

Foto: GSMArena
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Vivo kompaniyasining yangi flagmani — Vivo X300 Ultra haqida batafsil ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi. Sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, model kuchli kamera, yirik batareya va eng so‘nggi protsessor bilan ta’minlanadi.

Insayder Gadgetsdata bergan axborotda aytilishicha, X300 Ultra’da ikkita 200 megapikselli sensor mavjud bo‘ladi. Asosiy kamera sifatida 200 MP Sony LYT901 ishlatiladi. Sensor hajmi deyarli 1 dyuymga teng. Ultra keng burchakli kamera 50 MP LYT828 bo‘ladi. Telefoto modul esa 200 MP Samsung HPB sensori bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, 5 MP multispektral sensor ham qo‘shiladi. Telefoto kamera uzluksiz zum funksiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Foto: Gizmochina

Smartfon Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori asosida ishlaydi. Qurilma 7 000 mA·soat sig‘imli batareya bilan ta’minlanadi. 100W simli va 40W simsiz tezkor quvvatlash funksiyalari kutilmoqda. Shuningdek, USB 3.2, IP69 darajasida suv va changdan himoya hamda ekran osti ultratovushli barmoq izi skaneri ham bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, Vivo X300 Ultra global bozorda, jumladan Hindistonda ham sotuvga chiqadi. Qurilma Yevropaning EEC sertifikati va Indoneziyaning TKDN bazasida V2562 modeli bilan allaqachon paydo bo‘lgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, X300 Ultra bozordagi eng og‘ir Ultra-flagman bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Vivo X300 Max nomli yana bir model ham taqdim etilishi ehtimoli bor.

Qaynoq24.uz Vivo X300 Ultra global bozorga chiqayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.