Forbes’ning yozishicha, Warner Bros. Discovery (WBD) media konserni Paramount Skydance kompaniyasining qariyb $60 mlrdlik sotib olish taklifini rad etdi. Xabardan so‘ng WBD aksiyalari 11 foizga oshib, har biri $20,33 qiymatiga yetdi.
Paramount kompaniyasi Warner Bros., CNN va HBO Max’ni o‘z ichiga olgan konglomerat uchun har bir aksiya uchun $24 taklif qilgan. Ammo WBD direktorlar kengashi bu narxni “haqiqiy qiymatdan past” deb hisoblagan.
Manbalarga ko‘ra, kompaniya hozirda boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqda — masalan, ayrim bo‘limlarni alohida sotish yoki biznesni ikki mustaqil yo‘nalishga ajratish.
Shuningdek, WBD aktivlariga Comcast, Netflix va Amazon kabi yirik kompaniyalar ham qiziqish bildirgan. Shunga qaramay, tahlilchilar asosiy da’vogar sifatida Paramount’ni ko‘rmoqda.

