Windows 11’dagi funksiyalar cheklanishiga izoh berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Microsoft kompaniyasining Windows 11 operatsion tizimi dizayni sababli Windows 10’dagi ayrim funksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu haqda Windows Latest nashri xabar bermoqda. Mutaxassislar buni texnik cheklovlar bilan izohladi.

Nashr jurnalistlari foydalanuvchilarning shikoyatlariga e’tibor qaratdi. Xususan, Windows 11 tizimida vazifalar panelini yuqoriga yoki yon tomonga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Panel faqat pastki qismda qat’iy joylashtirilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat Windows 11’ning yagona kamchiligi emas. Ammo aynan vazifalar paneli muammosi yangi operatsion tizimdagi funksional cheklanishlarni yaqqol ko‘rsatadi. Nashr Tali Rothning 2022-yil aprel oyida bergan izohini keltiradi. Unga ko‘ra, Windows 11 butunlay yangi asosda yaratilgan va unda Windows 10 kodi ishlatilmagan.

Rothning aytishicha, foydalanuvchilarning aksariyati vazifalar panelining an’anaviy joylashuvidan qoniqadi. Biroq Windows Latest jurnalistlari bunga qarshi dalil keltirdi. Unga ko‘ra, Microsoft’ning “Fikr-mulohazalar markazi”da vazifalar panelini Windows 10’dagidek qaytarish talabi eng ommabop mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu taklifni qariyb 25 ming foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlagan.

Jurnalistlar fikricha, yangi funksiyalar vazifalar panelini yanada murakkablashtirgan. Shu sababli uni turli tomonlarga ko‘chirish uchun zarur bo‘lgan muhandislik ishlari kompaniya uchun deyarli bajarib bo‘lmas darajada murakkab.

Qaynoq24.uz Microsoft’ning pullik yangilanishi Windows 10 ishida muammolar keltirib chiqargani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.