Jurnalist, publitsist va shoir.
1999-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 2019–2023-yillarda Qoraqalpoq davlat universitetida jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichida tahsil olgan.
Mehnat faoliyati davomida “Taraqqiyot ko‘zgusi” gazetasi, “ATV” telekanali hamda amunews.uz axborot saytida maxsus muxbir sifatida faoliyat yuritgan. U, asosan, mahalliy ijtimoiy mavzularda ijod qiladi, muammolarni chuqur tahlil qilishga intiladi.
Uning uslubida hajviy ohang, yumor va tanqidiy yondashuv muhim o‘rin tutadi. U jamiyat hayotidagi muhim muammolarni teran kuzatib, mavzuni o‘quvchini befarq qoldirmaydigan tarzda yoritadi.
Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz