Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan yangi nizomda xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qildi.
Mazkur ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2025-yil 24-dekabrdagi 29-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ushbu kasalliklarga ega bo‘lgan fuqarolarga QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi. U bemor biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi yoki davolangan davlat tibbiyot muassasasi tomonidan bepul taqdim etiladi.
Quyida xavfsizlik kamarini taqishga to‘sqinlik qiladigan kasalliklar ro‘yxati keltirilgan:
| № | Kasallik nomi |
|---|---|
| 1 | O‘mrov va to‘sh suyagi sinishi |
| 2 | Yelka kamari sinishi |
| 3 | Qovurg‘alar sinishi |
| 4 | Chap o‘mrov suyagi chiqishi tufayli o‘tkazilgan operatsiyalar |
| 5 | Chap o‘mrov suyagining soxta bo‘g‘imi sinishi |
| 6 | Umurtqa pog‘onasining kompression sinishi |
| 7 | O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich) |
| 8 | Bronxial astma (IV bosqich) |
| 9 | O‘pkaning interstitsial zararlanishi (fibroz va boshqalar) |
| 10 | O‘pkaning bir qismi yoki butun qismining olib tashlanishi (lobektomiya, pnevmonektomiya) |
| 11 | Surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi |
| 12 | Og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari (o‘tkazilgan infarktlar, ishemiya va boshqalar) |
| 13 | III darajali (morbid) semizlik (TMI ≥ 40) |
| 14 | Past bo‘yli karlik (150 sm dan past) |
| 15 | Qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar |
| 16 | Tanada ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz va boshqalar) |
| 17 | O‘mrov, kurak, yelka, to‘sh suyaklari va qovurg‘alarda ichki va tashqi implantlarning mavjudligi |
| 18 | Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar |
| 19 | Stomalar mavjud bo‘lishi |
| 20 | Ko‘krak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (o‘sma) |
Qaynoq24.uz yoshlar uchun qulay 5 avtomobil haqida yozgan edi.

