Gizmochina ma’lumotiga ko‘ra, yangi Xiaomi 17T seriyasi kutilganidan erta taqdim etilishi mumkin. Smartfon aprel oxiri yoki may oyida rasman namoyish qilinadi.
Yangi liniyada Xiaomi 17T va Xiaomi 17T Pro modellari bo‘lishi kutilmoqda. Biroq ayrim bozorlarda faqat standart versiya sotuvga chiqarilishi mumkin.
Oldingi ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala model ham Leica texnologiyasi bilan ishlangan kameralar bilan jihozlanadi. Smartfonlarda 50 MP asosiy kamera, 12 MP ultra keng burchakli kamera va 50 MP telefoto kamera bo‘lgan uch kamerali tizim qo‘llanishi kutilmoqda. Old kamera esa 32 MP bo‘lishi mumkin.
Xiaomi 17T modelida MediaTek Dimensity 8500 protsessori qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, unda 6500 mA/soat batareya va 67 Vt tez zaryadlash texnologiyasi bo‘lishi mumkin.
Pro versiya esa kuchliroq Dimensity 9500 chipi bilan ishlaydi. Bu modelda periskop telefoto kamera ham bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 17T Pro modeli Xitoyda taqdim etilishi kutilayotgan Redmi K90 Ultra smartfoni asosida yaratiladi. U 6,8 dyuymli 1,5K OLED ekran, 165 Hz yangilanish chastotasi, 8500 mA/soat batareya va 100 Vt tez zaryadlash bilan jihozlanishi mumkin.
Qaynoq24.uz Xiaomi 15 Ultra narxi 300 dollarga arzonlashgani haqida yozgan edi.

