Xiaomi 18 Pro Max smartfoni qanday imkoniyatlar bilan chiqadi

Foto: Xiaomi
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xiaomi 18 Pro Max smartfoni 200 MP’lik ikkita kamera bo‘lishi mumkin. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma 200 megapikselli asosiy kamera bilan jihozlanadi. Sensor hajmi 1/1.28 dyuym bo‘lib, 22 nm texnologiyada ishlab chiqiladi. Bu esa energiya samaradorligini oshirib, qizishni kamaytiradi. Yangi model LOFIC HDR 3.0 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ushbu tizim yorug‘ va qorong‘i joylarda tafsilotlarni yaxshiroq saqlash imkonini beradi. Past yorug‘likda surat sifati ham yaxshilanadi.

Telefoto kamera ham sezilarli darajada yangilanadi. U ham 200 megapiksel bo‘lishi mumkin. Kamera makro suratga olishni qo‘llab-quvvatlaydi va keng diafragma tufayli ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi. Natijada qurilmada ikki dona 200 MP kameradan iborat flagman darajadagi tizim paydo bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, smartfon taxminan 6,8 dyuymli katta ekran bilan keladi. Orqa tomonda qo‘shimcha ekran bo‘lishi ehtimoli ham bor. Batareya sig‘imi esa 7500 mA·soatga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Xiaomi 18 liniyasiga standart va Pro versiyalar ham kiradi. Qurilmalar yangi Snapdragon 8 Elite Gen 6 protsessorida ishlashi mumkin.

Hozircha model rasmiy taqdimoti sanasi e’lon qilinmagan.

Qaynoq24.uz kchik Xiaomi 18 smartfioni rekord batareya bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.