Xiaomi YU7 GT avtomobili qanday dizaynga ega

Foto: CNC
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Xiaomi’ning yangi Xiaomi YU7 GT avtomobili Germaniyadagi Nürburgring trassasida sinov vaqtida yashirin qoplamasiz ko‘rindi. Bu haqda CNC ma’lum qildi.

Sinov avtomobilida agressiv dizayn elementlari e’tiborni tortadi. Old qismda splitter, orqa tomonda esa katta diffuzor o‘rnatilgan. Qizil tormoz kaliperlari ham sport ruhini kuchaytiradi. Kuzov shakli esa kupe-uslubidagi krossover ko‘rinishini saqlab qolgan.

Model Xiaomi SU7’dagi dizayn tilini davom ettiradi. Unda “suv tomchisi” shaklidagi faralar, yashirin eshik tutqichlari va ramkasiz oynalar qo‘llangan. Aerodinamika uchun 10 ta havo kanali va 19 ta ventilyatsiya teshiklari mavjud. Orqa qismda ducktail spoyler va to‘liq chiroq paneli joylashgan.

Texnik jihatdan YU7 GT juda kuchli bo‘lishi kutilmoqda. U ikki motorli to‘liq yuritma tizimiga ega bo‘lib, umumiy quvvat 738 kW yoki 990 ot kuchini tashkil etadi. Old motor 288 kW, orqa motor esa 450 kW quvvat beradi.

Maksimal tezlik 300 km/soatga yetadi. Avtomobil 101,7 kVt·soat batareya bilan jihozlanadi va CLTC standartiga ko‘ra 705 km gacha yurish zaxirasiga ega bo‘ladi.

O‘lchamlari ham katta: uzunligi 5015 mm, kengligi 2007 mm, balandligi 1597 mm. G‘ildirak bazasi 3000 mm bo‘lib, 5 o‘rinli konfiguratsiya taklif etiladi. Modelning rasmiy narxi hali e’lon qilinmagan. Biroq bozordagi taxminlarga ko‘ra, u 450 mingdan 500 ming yuan ($65 400–$72 700) atrofida bo‘lishi mumkin.

Qaynoq24.uz yangi Cobalt modelining texnik imkoniyatlari haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.