Xitoy O‘zbekistonga 1 300 tonna koks ko‘mir yubordi

Foto: UzDaily
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Gansu viloyati Uvey shahridan O‘zbekistonga 1 300 tonna yuqori sifatli koks ko‘mir ortilgan maxsus xalqaro yuk poyezdi yo‘lga chiqdi. Bu 2026-yilda Gansu hududidan jo‘natilgan ilk xalqaro yuk poyezdi hisoblanadi.

47 vagondan iborat tarkib O‘zbekistonning Ablik temir yo‘l stansiyasiga yo‘naltirilgan. Yuk qiymati 4,06 million yuan, ya’ni qariyb 580 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Poyezd Xitoy hududidan Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni orqali Xorgos chegara-o‘tkazish punkti orqali chiqib, Markaziy Osiyo yo‘nalishida harakatini davom ettiradi. Safar taxminan to‘qqiz kun davom etishi kutilmoqda.

Uvey bojxona logistika markazi vakili Kao Ke ma’lum qilishicha, so‘nggi yillarda markaz xalqaro logistika tarmog‘ini faol kengaytirmoqda. Natijada Markaziy Osiyo va Markaziy Yevropani bog‘lovchi oltita yirik logistika yo‘lagi shakllantirilgan.

Mazkur yo‘nalishlar hozirda 22 ta davlat hamda 46 ta shahar va hududni qamrab olgan. Bu Gansu mintaqasining geografik imkoniyatlarini tashqi savdo o‘sishiga aylantirishga xizmat qilmoqda.

Qaynoq24.uz Xitoy Rossiyadan rekord miqdorda oltin xarid qilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.