Xitoyda nemis “Boxer” BTR’iga o‘xshash yangi bronetransporter paydo bo‘ldi

Foto: Nazar News
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Xitoy ishlab chiqaruvchilari yangi bronetransporter (BTR) ustida ish olib bormoqda, u tashqi ko‘rinishi bo‘yicha nemis “Boxer” seriyasiga juda o‘xshash. Bu haqda Defence Blog xabar berdi.

Yangi mashinaning suratlari internetda tarqaldi. Bronetransporter Baotou shahridagi (Ichki Mongoliya) sanoat zonasida kuzatilgan. Onlayn sharhlovchilar tomonidan u no rasmiy ravishda “AliExpress Boxer” deb atalmoqda. Mashina kompozitsiyasi va tuzilishi bo‘yicha nemis Rheinmetall-Krauss-Maffei Wegmann kompaniyasi ishlab chiqqan Boxer 8×8 BTR’iga o‘xshashligi qayd etilgan. Mazkur nemis BTR’idan NATOning bir necha davlatlari foydalanadi.

Yangi to‘rt o‘qli transporter V-shaklidagi taglik va modul tuzilishga ega bo‘lib, bu turli maxsus texnikalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Nemis “Boxer”lari 2009-yildan buyon Bundesverga yetkazib berilgan. 30 tonnadan ortiq vaznga ega mashina 720 ot kuchiga ega dizel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal tezligi 103 km/soatni tashkil qiladi. Ushbu platforma asosida artilleriya o‘rnatmalari, zenit komplekslari, komandno-shtab va tibbiy mashinalar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, Army Recognition nashri xabariga ko‘ra, Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi uchun ishlab chiqilgan yangi HQ-13 zenit raketa kompleksi Tayvanga ehtimoliy hujumlarda qo‘llanishi mumkin.

Qaynoq24.uz Hindiston Rossiyadan Su-57 qiruvchi samolyotlarini xarid qilishi mumkinligi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.