Xitoyning Harbin shahrida ulkan qorbobo yasaldi. AF nashrining qayd etishicha, qariyb 19 metr balandlikdagi bu noyob inshoot shaharni yangi qishki diqqatga sazovor maskanga aylantirdi.
Qorboboni yaratish uchun taxminan 3 ming kub metr qor sarflangan. Keng hududlarda yog‘ingarchilik yetishmaydigan paytda Harbinda qor mo‘l bo‘lgani bunyodkorlarga rekord darajadagi haykal yasash imkonini berdi. Ulkan qorbobo Kunli musiqa parki hududiga o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda u sayyohlar va mahalliy aholi uchun mashhur fotosuratga tushish manziliga aylangan.

Shaharda yirik qor haykallari yasash an’ana bo‘lsa-da, bu yilgi loyiha yangi marrani zabt etdi – joriy yilgi qorbobo o‘tgan yilgi rekordni bir metrga yangiladi. Mutaxassislar fikricha, Harbin ustalari kelasi yillarda yanada katta va ta’sirli haykallar yaratishga qodir.
Qaynoq24.uz Xitoy AQShni yadroviy qurolsizlanishda ikkiyuzlamachilikda ayblagani haqida yozgan edi.

