Xorazm viloyatida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvandlik vositalarini sotish bilan shug‘ullangan shaxslar aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Yangiariq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjerida maxsus kanal va bot tashkil etgan shaxslar fosh etildi.
Gumonlanuvchilar fuqaro bilan Telegram bot orqali kelishib, 0,5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotishga kelishgan. Bot tomonidan taqdim etilgan geolokatsiyaga ko‘ra, tovar Urganch tumanidagi “Killavut” mahallasidagi uy oldiga yashirin tarzda qoldirilgan. Evaziga fuqaro Ya.G.ning bank kartasiga 224,4 ming so‘m pul o‘tkazib olingan.

Mazkur harakatlar tezkor tadbir davomida aniqlanib, dalillar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari tegishli organlarga yuborilgan.
Qaynoq24.uz Hokimlik blogerga daraxt ekkani uchun jarima solingani haqidagi xabarlarni rad etgani haqida yozgan edi.

