Xpeng kompaniyasi tomonidan kelgusi yilda “Iron” nomli gumanoid robot ishlab chiqarilishi aytildi. Bu haqda Buseniss insider xabar bermoqda.
Kompaniya rahbari Xe Syaopeng robotni imkon qadar insoniy ko‘rinishda yaratishga harakat qilinganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, robotning sun’iy mushaklari va bionik terisi odamlar uchun yanada qulay tuyg‘u beradi. Bu esa robotni quchoqlashgacha olib kelishi mumkin.
Xpeng noyabr boshida Iron’ning yangi versiyasini taqdim etdi. Robot erkak va ayol ko‘rinishida bo‘ladi. Hatto tanani turli xil shakllarga moslab sozlash ham mumkin. Namoyish vaqtida xodimlar robotning elastik terisini kesib ko‘rsatdi. Bu orqali ichida odam yo‘qligiga ishonch hosil qilindi.

Xe Syaopeng investorlar bilan suhbatda Iron’ni yiliga 1 mln dona sotishni rejalayotganini aytdi. Ommaviy ishlab chiqarish 2026-yil oxirida yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab robotlar do‘konlarda, savdo markazlarida va gid sifatida qo‘llanilishi kutilmoqda. Xpeng o‘z do‘konlarida Iron’ni 2026-yilda ishga tushirmoqchi.
Tesla’ning eng katta robototexnika raqibi aynan Xitoydan chiqishi mumkin. Ilon Mask ham 2026-yilda o‘z robotini — Optimus’ni — ommaviy ishlab chiqarishni boshlashni rejalamoqda. Mask Optimus Tesla tarixidagi eng yirik mahsulot bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Avvalroq Qaynoq24.uz nashri OpenAI yangi ChatGPT Atlas brauzerini taqdim etgani haqida yozgan edi.

