Yaponiya Markaziy banki asosiy stavkani 30 yildagi eng yuqori darajaga oshirdi

Foto: The Wall Street Journal
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Yaponiya Markaziy banki asosiy bazaviy foiz stavkasini 0,25 foiz bandga oshirib, 0,75 foizga yetkazdi. Natijada ko‘rsatkich 1995-yildan buyon eng yuqori darajaga chiqdi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda. Qaror Markaziy bank boshqaruv kengashi tomonidan bir ovozdan qabul qilingan.

Regulyator bayonotida ta’kidlanishicha, iqtisodiy va bozor sharoitlari imkon bersa, kelgusida stavkani yana oshirish rejalashtirilmoqda. Bu Markaziy bankning uzoq yillardan beri ko‘zlab kelinayotgan barqaror inflyatsiya maqsadiga erishish borasidagi ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yaponiya Markaziy banki raisi Kadzuo Ueda matbuot anjumanida foiz stavkasini moslashtirish sur’atlari mamlakat iqtisodiy holati va narxlar dinamikasiga bog‘liq bo‘lishini bildirdi.

Qayd etilishicha, Yaponiya monetar hokimiyati yillar davomida past inflyatsiya muammosi bilan kurashib kelgan. 2024-yil boshida energiya resurslari va oziq-ovqat mahsulotlarini hisobga olmagan iste’mol narxlari indeksi ikki foizdan oshgach, Markaziy bank 17 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor stavkani oshirib, uni manfiy hududdan chiqargan edi. Joriy yil yanvar oyida esa stavka 0,5 foizgacha ko‘tarilgan.

Qaynoq24.uz Yaponiya elektromobillar uchun yangi soliq joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.