Yerda magnit bo‘roni boshlandi

Foto: Apa.az
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

5-yanvar kuni Yerda magnit bo‘roni boshlandi. Bu haqda Rossiya Amaliy geofizika institutiga tayanib TASS ma’lum qildi.

Olimlar Yer magnit maydonida avvaldan prognoz qilingan kuchsiz bezovtaliklarni qayd etgan. Hozirda magnit bo‘roni besh pog‘onali shkala bo‘yicha G1 darajasida baholanmoqda. Ushbu shkalada G5 eng kuchli va ekstremal daraja hisoblanadi.

Mutaxassislarning bildirishicha, hozirgi magnit bo‘roni jiddiy xavf tug‘dirmaydi, biroq ayrim odamlarda holsizlik, bosh og‘rig‘i va uyqu buzilishi kuzatilishi mumkin.

Avvalroq Sergey Bogachyov, Rossiya Fanlar akademiyasi Kosmik tadqiqotlar instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari, 2026-yilda magnit bo‘ronlari soni ko‘payishini ma’lum qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerda magnit bo‘ronlarining yuzaga kelishiga Quyoshdagi koronal teshiklar asosiy sabab bo‘lmoqda. So‘nggi vaqtlarda bunday hududlar soni keskin oshgani qayd etilgan.

Qaynoq24.uz NASA Marsga mo‘ljallangan EscaPade missiyasini muvaffaqiyatli uchirgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.