Yevropa Ittifoqi Vengriya uchun 16 mlrd yevrolik kreditni to‘xtatdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Yevropa Ittifoqi Vengriya uchun mo‘ljallangan 16 mlrd yevrolik kredit dasturini vaqtincha to‘xtatdi. Qaror Budapeshtning Ukrainaga yordamni bloklashi ortidan qabul qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, European Commission Vengriyaning mudofaa dasturi bo‘yicha kredit arizasini ko‘rib chiqishni ortga surgan. Gap SAFE dasturi doirasidagi mablag‘ haqida bormoqda. Ushbu dastur Yevropa davlatlarining mudofaa salohiyatini tez oshirishga qaratilgan.

Qarorga Viktor Orbanning Ukrainaga 90 mlrd yevro yordam paketiga veto qo‘ygani sabab bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, Yevrokomissiya arizani rad etmagan. U hali ham ko‘rib chiqilmoqda va tayyor bo‘lgach tasdiqlanishi mumkin.

Biroq diplomatik manbalar Bryussel Vengriyaga hozircha kredit berishni istamayotganini aytmoqda. Sabab sifatida “hamkorlik tamoyiliga zid harakatlar” ko‘rsatilgan. Vengriya esa o‘z pozitsiyasida qat’iy turibdi. Budapesht Ukrainaga yordamni Rossiya nefti tranziti tiklanmaguncha bloklashini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Drujba” quvuri orqali neft yetkazib berish 2026-yil yanvarida zarbalar ortidan to‘xtab qolgan.

Qaynoq24.uz Viktor Orban Yevroittifoqni Vengriya uchun Rossiyadan ham xavfliroq deb atagani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.