O‘zbekistonda yonuvchan qurilish materiallariga yangi cheklovlar joriy etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Yangi qoidalarga ko‘ra, binolar balandligidan kelib chiqib fasadlarni pardozlashda yonuvchan materiallardan foydalanish cheklanadi. Qurilish materiallari yonuvchanlik darajasiga qarab to‘rt toifaga ajratiladi. 28 metrgacha bo‘lgan binolarda fasad qismida faqat past yonuvchan materiallardan foydalanishga ruxsat beriladi. 28 metrdan baland binolarda esa yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
Shuningdek, ta’lim va tibbiyot muassasalarida binoning balandligidan qat’i nazar yonuvchan materiallardan foydalanish mumkin emas. Evakuatsiya yo‘llari, jumladan zinapoyalar, yo‘laklar va chiqish joylarida ham yonuvchan materiallardan foydalanish cheklanadi. Bu talablar podval va yarim podval qismlariga ham taalluqli.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 313,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani haqida yozgan edi.

