«Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam tizimi yangilanadi

Foto: Yuz.uz
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

«Yoshlar daftari» orqali ijtimoiy yordam tizimi yangilanadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

Unda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 16 ming nafar yoshning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish belgilangan. Shuningdek, “Mutolaa” loyihasi doirasida muntazam kitob o‘quvchi yoshlar ulushi 10 foizga oshiriladi. “Ibrat farzandlari” loyihasida chet tillarini o‘zlashtirgan yoshlar ulushi esa 30 foizga yetkaziladi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlar uchun ijtimoiy shartnoma asosida yordam taqdim etiladi.

Yordamni olish uchun yoshlar quyidagi majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘ladi:

  • ta’limni uzluksiz davom ettirish,
  • o‘qish jarayonida ijobiy baholarga erishish,
  • volontyorlik faoliyatida qatnashish,
  • “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida faol ishtirok etish.

Yangi tartib yoshlarning bilim olishiga, ko‘nikma orttirishiga va jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Avvalroq Qaynoq24.uz nashri Davlat korxonalarida mahsulot tannarxi kamaytirilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.