Toshkent shahri Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda vafot etdi. Tergov harakatlari davom etmoqda,
Ma’lum qilinishicha, 28-noyabr kuni soat 11:10 da Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasida 1994-yilda tug‘ilgan Onix haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan piyodani urib yuborgan.
To‘qnashuvdan keyin avtomobil o‘ng qatorda turgan Nexia-3 va Cobalt rusumli mashinalarga ham borib urilgan va yo‘l transport hodisasi yuzaga kelgan.
YTH oqibatida piyoda olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Uning yaqinlariga hamdardlik bildiriladi.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qaynoq24.uz Jizzaxdagi yo‘l fojiasida uch kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

