Zelenskiy yo‘lovchi poyezdiga dron zarbasini terrorizm deb atadi

Foto: TRT
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Volodimir Zelenskiy Rossiyaning yo‘lovchi poyezdiga uyushtirgan dron hujumini terrorizm deb baholadi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Hujum Ukrainanning shimoli-sharqidagi Xarkov viloyatida sodir bo‘lgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan. Yana 4 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan. Dron zarbasi vaqtida poyezdda 200 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, urilgan vagon ichida 18 kishi bo‘lgan. U hujumni tinch aholiga qarshi qaratilgan harakat deb atadi va buni har qanday mamlakat terrorizm sifatida baholashini ta’kidladi.

Xarkiv viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Yazykove qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Bir dron bevosita vagonni urgan, yana ikki dron poyezd yaqinida portlagan.

Poyezd mamlakatning g‘arbiy qismidagi Chop shahridan Xarkiv viloyatidagi Barvinkove yo‘nalishida harakatlanayotgan bo‘lgan. Ushbu yo‘nalishdan tinch aholi bilan birga harbiy xizmatchilar ham foydalanadi.

Alohida holatda, mamlakat janubidagi Odesa shahrida ham Rossiyaning tungi dron hujumlari oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan. Yana 25 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, shaharga 50 dan ortiq dron uchirilgan. Zarba asosan energetika va fuqarolik infratuzilmasiga qaratilgan. Bir turar joy binosining bir necha qavati qulab tushgan.

Rossiya tomoni ushbu hujumlar yuzasidan rasmiy izoh bermagan. So‘nggi oylar davomida Moskva Ukrainada energetika va transport infratuzilmasiga zarbalarni kuchaytirgan.

Qaynoq24.uz Zelenskiy Yevropani siyosiy iroda yetishmasligida ayblagani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.