Markaziy bank tomonidan 13-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning sotish narxi 9 mln 590 ming so‘mni tashkil etdi.
Uni qaytarib sotib olish narxi 9 mln 218 ming so‘m, qadoqlari shikastlangan holatda esa 9 mln 125 ming so‘m etib belgilandi. 10 grammli quymaning sotish narxi 19 mln 181 ming so‘m bo‘ldi. Qaytarib sotib olish narxi 18 mln 436 ming so‘m, buzilgan qadoqda esa 18 mln 250 ming so‘mni tashkil etdi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadoq but) | Qaytarib sotib olish (qadoq buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 590 000 | 9 218 000 | 9 125 000 |
| 10 g | 19 181 000 | 18 436 000 | 18 250 000 |
| 20 g | 38 362 000 | 36 872 000 | 36 500 000 |
| 50 g | 95 905 000 | 92 180 000 | 91 249 000 |
| 100 g | 191 809 000 | 184 360 000 | 182 498 000 |
Markaziy bank ma’lum qilishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi vaziyatga qarab narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz nashri 13-aprel kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

