Markaziy bank tomonidan 15-aprel uchun oltin quymalarining narxi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning sotish narxi 9,627 mln so‘mni tashkil etdi.
Uni qaytarib sotib olish narxi 9,253 mln so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 9,16 mln so‘m etib belgilangan. 10 grammli quymaning sotish narxi 19,254 mln so‘mga yetdi. Qaytarib sotib olish narxi 18,506 mln so‘m, qadoq talabga mos kelmasa 18,319 mln so‘mni tashkil etadi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadoq but) | Qaytarib sotib olish (qadoq buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 627 000 | 9 253 000 | 9 160 000 |
| 10 g | 19 254 000 | 18 506 000 | 18 319 000 |
| 20 g | 38 507 000 | 37 012 000 | 36 638 000 |
| 50 g | 96 269 000 | 92 530 000 | 91 595 000 |
| 100 g | 192 537 000 | 185 060 000 | 183 191 000 |
Markaziy bank ma’lum qilishicha, xalqaro bozor kon’yunkturasiga qarab narxlar kun davomida o‘zgarishi mumkin.
Qaynoq24.uz 15-aprel uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

