17-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: depositphotos.com
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 17-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 4,37 so‘mga qimmatlashib, 12 093,35 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi 65,45 so‘mga oshib, 13 867,44 so‘mga yetdi. Eng katta o‘sish Britaniya funt sterlingida kuzatildi — u bir kunda 148,56 so‘mga qimmatlashib, 16 335,70 so‘m etib belgilandi.

Shveysariya franki ham sezilarli darajada mustahkamlandi. Uning kursi 73,75 so‘mga ko‘tarilib, 14 981,85 so‘mni tashkil qildi. Rossiya rubli 0,75 so‘mga oshib, 155,22 so‘mga, Xitoy yuani esa 2,70 so‘mga qimmatlashib, 1 787,13 so‘mga yetdi.

Yaponiya iyenasi kursida ham kichik o‘sish qayd etildi. U 0,12 so‘mga ko‘tarilib, 74,57 so‘mni tashkil qildi. Shunday qilib, taqdim etilgan barcha asosiy xorijiy valyutalar milliy valyutaga nisbatan qimmatlashdi.

Qaynoq24.uz 16-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.