27-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 27-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 82,76 so‘mga arzonlab, 12 019,08 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 122,1 so‘mga pasayib, 13 689,73 so‘mni tashkil etdi. Britaniya funt sterlingi 175,58 so‘mga arzonlab, 16 008,21 so‘mga tushdi. Shveysariya franki ham 132,3 so‘mga pasayib, 14 722,05 so‘m etib belgilandi.

Yapon iyenasi 0,65 so‘mga arzonlab, 73,43 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuani kursi esa 12,78 so‘mga pasayib, 1 774,87 so‘mni tashkil etdi.

Asosiy valyutalar orasida faqat Rossiya rubli qimmatlashdi. Uning kursi 0,12 so‘mga ko‘tarilib, 153,87 so‘m etib belgilandi. Shunday qilib, yangi kurslarda dollar, yevro, funt, iyena, frank va yuan so‘mga nisbatan arzonlagan.

Qaynoq24.uz 24-iyul kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.