Samsung kompaniyasining yangi smartfoni 260 dollarga arzonladi

Foto: Sammobile
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Buyuk Britaniyada Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy Z Fold 7 smartfoni 260 dollarga arzonladi. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Endi 256 GB xotirali model £1 599 (taxminan $2 000) turadi. 512 GB versiya £1 699 (taxminan $2 130) ga tushdi. Eng yuqori 1 TB va 16 GB operativ xotirali model esa £1 949 (taxminan $2 450) bo‘ldi. Bundan tashqari, Samsung trade-in dasturi orqali xaridorlar yana £30 dan £682 gacha (taxminan $40–$860) chegirma olishlari mumkin.

Kompaniya qo‘shimcha aksiyalarni ham taklif qilmoqda. Galaxy Buds va soatlarda 10 foiz chegirma bor. Aksessuarlar esa 30 foizgacha arzonlashgan. Talabalar, o‘qituvchilar va yoshlar uchun yana £159 (taxminan $200) qo‘shimcha chegirma beriladi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.