35 kgdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 35 kgdan ortiq narkotik moddalarni noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi. Tezkor tadbirlar Davlat xavfsizlik xizmati va Chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazildi.

Birinchi holatda, 2003 va 1998-yilda tug‘ilgan ikki fuqaro davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan vaqtida qo‘lga olindi. Ularning yonidagi sport sumkalaridan 4 kg 884 gr opiy va 19 kg 863 gr gashish, shuningdek 380 quti tamaki mahsulotlari topildi. Ushbu moddalar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 223, 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda tergov davom etmoqda.

Ikkinchi holat Surxondaryo viloyatida qayd etildi. Uch nafar shaxs davlat chegarasini buzib, Amudaryodan avtomobil g‘ildiragi kamerasi yordamida suzib o‘tayotganda qo‘lga olindi. Ularning yuklaridan 2 kg 708 gr opiy va 8 kg 257 gr gashish aniqlandi.

Tergovga ko‘ra, narkotik moddalarni yetkazib berish evaziga kur’erlarga har bir kilogramm uchun 200 AQSh dollari va’da qilingan. Mazkur shaxslarga nisbatan ham Jinoyat kodeksining 223 va 246-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda 1,7 mlrd so‘mlik soxta alkogol aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.