O‘zbekistonda 2026-yilgi Qurbon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladi. Dam olish kunlari 27-maydan 31-maygacha davom etadi. Bu tartib xodim haftasiga necha kun ishlashidan qat’i nazar, barchaga tatbiq etiladi.
2026-yilda Qurbon hayiti 27-may, chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Prezidentning 2025-yil 24-dekabrdagi farmoniga ko‘ra, bayramni to‘laqonli nishonlash uchun qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.
Unga ko‘ra, 27-may Qurbon hayiti bayrami sifatida dam olish kuni bo‘ladi. 28-may, payshanba va 29-may, juma kunlari barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 30-may, shanba kuni olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. Besh kunlik ish haftasidagilar uchun esa bu odatiy dam olish kunidir.
31-may, yakshanba kuni barcha uchun odatiy dam olish kuni hisoblanadi. O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan chorshanbadan yakshanbagacha uzluksiz dam oladi.
Qaynoq24.uz Ramazon 2026 qachondan boshlanishi haqida yozgan edi.

