Toshkent tumanida 72 ming dona qalbaki aksiz marka aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 72 ming dona qalbaki aksiz marka aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Toshkent tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Gultepa” MFY hududida yashovchi fuqaro A.G‘.ning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Ma’lum qilinishicha, u avval sudlangan.

Tekshiruvda xonadondan alkogol mahsulotlari uchun mo‘ljallangan 72 ming dona qalbaki aksiz marka topilgan. Ular o‘tkazish maqsadida saqlab kelingani aytilmoqda. Mazkur aksiz markalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi, ya’ni qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash hamda ularni o‘tkazish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Farg‘onada gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.