Xorijda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga ipoteka beriladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xorijda ilmiy daraja olgan yosh mutaxassislarga ipoteka beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi Telegram-kanalida xabar bermoqda.

Qarorga ko‘ra, bunday mutaxassislar O‘zbekistonda birlamchi uy-joy bozoridan uy sotib olish uchun ipoteka kreditidan foydalanishi mumkin. Kredit miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha belgilanadi va 10 yil muddatga beriladi. Mablag‘lar tijorat banklari tomonidan yiliga 14 foiz stavkada ajratiladi.

Kredit olish jarayoni elektron shaklda amalga oshiriladi. Ariza beruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tib, murojaat yuboradi. Bank uch ish kuni ichida fuqaroning to‘lov qobiliyatini baholab, xulosa tayyorlaydi va tegishli vazirlikka taqdim etadi.

Mazkur kredit faqat muayyan talablarga javob beradigan shaxslarga beriladi. Jumladan, ariza beruvchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi, murojaat vaqtida 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi hamda xalqaro reytinglarda top-100 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasasida ilmiy daraja olgan bo‘lishi kerak. Shuningdek, diplom belgilangan tartibda tan olingan bo‘lishi talab etiladi.

Kredit miqdori sotib olinadigan uy qiymatining 80 foizidan oshmasligi belgilangan. Qolgan qismi esa xaridor tomonidan qoplanadi.

Qaynoq24.uz budjet mablag‘lari hisobidan ipoteka kreditlari rasmiy daromadga ega fuqarolarga ajratilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.