Pavel Durov WhatsApp shifrlashini “firibgarlik” deb atadi

Foto: Qazinform
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp messenjerini yana keskin tanqid qildi. Unga ko‘ra, ushbu platformadagi shifrlash tizimi ishonchli emas va hatto “tarixdagi eng katta firibgarliklardan biri” bo‘lishi mumkin.

Durov o‘zining Telegram’dagi sahifasida WhatsApp foydalanuvchilarga bergan va’dalariga qaramay, xabarlarni o‘qishi va ularni uchinchi tomonlarga uzatishi mumkinligini ta’kidladi. U Telegram bunday amaliyotni hech qachon qo‘llamaganini va kelajakda ham qo‘llamasligini alohida qayd etdi.

Durov Telegram kanalidan

Uning fikricha, WhatsApp’dagi end-to-end shifrlash foydalanuvchilar maxfiyligini to‘liq kafolatlamaydi. Durov servis xabarlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligini iddao qildi. U bu fikrlarini Meta kompaniyasiga qarshi sud da’vosi haqidagi material bilan ham mustahkamladi.

Biroq Meta vakillari bunday ayblovlarni bir necha bor rad etgan. Kompaniya WhatsApp’da qo‘llaniladigan shifrlash tizimi xabar mazmuniga faqat yuboruvchi va qabul qiluvchi kirishiga imkon berishini ta’kidlab keladi.

Qaynoq24.uz Rossiyada WhatsApp bloklanishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.