AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida yuz bergan otishmada 8 nafar bola halok bo‘ldi. Qurbonlar yoshi 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa ertalab soat 05:00 atrofida boshlangan. Gumonlanuvchi jami 10 kishiga qarata o‘t ochgan. Keyin u o‘g‘irlangan mashinada voqea joyidan qochgan. Huquq-tartibot idoralari uni quvib, boshqa hududda yo‘q qilgan. Gumonlanuvchi Shamar Elkins ekani ma’lum qilindi.
Shrivport meri Tom Arseno voqeani shahardagi eng og‘ir fojialardan biri deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa butun jamiyatga og‘ir ta’sir qilgan.

Politsiya hodisani oilaviy mojaro bilan bog‘liq deb baholamoqda. Qurbonlarning ayrimlari gumonlanuvchiga yaqin qarindosh bo‘lgani aytilmoqda.
Voqea bir nechta manzilda sodir bo‘lgan. Asosiy hodisa G‘arbiy 79-ko‘cha va Harrison ko‘chasidagi uylar hududida yuz bergan. Shrivport politsiyasi boshlig‘i Veyn Smit bu voqeani tushunish qiyinligini ta’kidladi. Tergov davom etmoqda va unga boshqa idoralar ham jalb qilingan.
Luiziana gubernatori Jeff Lendri ham hodisa yuzasidan hamdardlik bildirdi. U jabrlanganlar oilalariga hamdard ekanini aytdi.
Qaynoq24.uz Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan provinsiyasida vertolyot qulab tushishi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

