Indoneziyada vertolyot halokati: 8 kishi vafot etdi

Foto: Reuters
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Indoneziyaning G‘arbiy Kalimantan provinsiyasida vertolyot qulab tushishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati ma’lum qildi.

Hodisa Sekadau hududida yuz bergan. Airbus H130 rusumli vertolyot Melavi tumanidagi plantatsiyadan havoga ko‘tarilganidan atigi 5 daqiqa o‘tib aloqadan uzilgan. Qutqaruv xizmati rahbari Muhammad Syafii so‘zlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hudud zich o‘rmon va baland tepaliklardan iborat. Bu esa qidiruv ishlarini murakkablashtirmoqda.

Qidiruv davomida vertolyotning dum qismi deb taxmin qilinayotgan parchalar aloqa uzilgan joydan taxminan 3 km g‘arbda topildi. Vertolyot bortida 6 nafar yo‘lovchi va 2 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.

Qutqaruvchilar, harbiylar va politsiya xodimlari hodisa joyiga quruqlik orqali yetib borishga harakat qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot Matthew Air Nusantara kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. U Citra Mahkota kompaniyasiga qarashli palma plantatsiyasi hududida parvoz qilgan. Hozircha halokat sababi aniqlanmagan. Tergov ishlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz Indoneziyada 7,4 magnitudali zilzila yuz bergani haqioda yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.