Davlat xizmatiga qabulda yangi tartib joriy etiladi

Foto: Unsplash
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilish tizimi yangilanadi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Yangi tartibga ko‘ra, suhbat bosqichida beriladigan savollar oldindan ochiq e’lon qilinadi. Ular davlat organlarining rasmiy saytlarida kamida bir oy avval joylashtirilishi shart. Oldindan e’lon qilinmagan savollarni berish taqiqlanadi.

Shuningdek, ayrim lavozimlar uchun ichki tanlovlar bekor qilinadi. Ba’zi hollarda nomzodlardan ish staji talab qilinmaydi. Boshqa lavozimlarda esa bu talab ko‘pi bilan ikki yil bilan cheklanadi. Qaror bilan zamonaviy kasblar reyestri ham shakllantiriladi. Bu ro‘yxat mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Reyestrga kirgan kasblar bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy etiladi. Yoshlarning kasbiy ko‘nikmalari maxsus baholash orqali tasdiqlanadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun qo‘shimcha yengilliklar ham belgilandi. Kam ta’minlangan oilalar farzandlarining o‘qish va imtihon xarajatlari “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Qaynoq24.uz “Ilg‘or ijodkor” mukofoti joriy etilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.