BYD yangi BYD Song Pro DM-i modelini sotuvga chiqardi

Foto: BYD
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

BYD Xitoyda yangilangan BYD Song Pro DM-i Flying Edition modelini sotuvga chiqardi. Yangi krossover 301 km gacha elektr yurish zaxirasi bilan taqdim etildi.

Model plug-in gibrid tizimga ega. Unda 1,5 litrli benzin dvigateli va 120 kW elektr motor birga ishlaydi. Avtomobilning o‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 km ga 3,2 litrni tashkil etadi. Yangi Song Pro DM-i 4735 mm uzunlikka ega bo‘lib, 5 o‘rindiqli salon bilan taklif qilinadi. Ichkarida 15,6 dyuymli sensor ekran va zamonaviy boshqaruv tizimi mavjud.

Avtomobil DiSus-C osma tizimi bilan jihozlangan. U yo‘l sharoitiga moslashadi va harakat barqarorligini oshiradi. Shuningdek, yuqori tezlikda shina yorilganda barqarorlikni saqlash tizimi ham mavjud. Modelda “God’s Eye” nomli ilg‘or haydovchi yordam tizimlari qo‘llanilgan. Standart versiya avtomagistrallarda avtopilot funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. LiDAR asosidagi kengaytirilgan paket esa shahar sharoitida ham avtomatik boshqaruv imkonini beradi.

Avtomobil ikki xil batareya bilan taklif qilinadi. Elektr yurish zaxirasi 220 km dan 301 km gacha yetadi. Bu oldingi avlodga nisbatan sezilarli o‘sish hisoblanadi. Narxlar 102,9 ming yuandan boshlanadi. Bu taxminan $15 ming atrofida. Yuqori komplektatsiya esa 132,9 ming yuan yoki qariyb $19,5 mingga baholangan.

Qaynoq24.uz BYD Sealion 08 elektromobili qachon taqdim etilishi haqida yozgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi model 5 metrdan ortiq uzunlikka ega bo‘ladi. Kengligi qariyb 2 metr, g‘ildirak bazasi esa 3 metrdan oshadi. Bu uni yirik va premium SUV segmentiga olib chiqadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.