UzAuto Motors Chevrolet Cobalt avtomobili uchun shartnomalar qayta ochdi. Bu haqda Autostrada nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, bu safar tizim barqaror ishlamoqda va shartnoma olish jarayoni bir necha bosqichda tez amalga oshirilmoqda. To‘lov esa 7 kun ichida amalga oshirilishi kerak.
Savdoda faqat MCM paketli Cobalt versiyalari taklif qilinmoqda. Eng ommabop variantlardan biri — Chevrolet Cobalt Style MCM bo‘lib, uning narxi 156,1 mln so‘m etib belgilangan. Ushbu model yangilangan texnik va qulaylik funksiyalari bilan ajralib turadi. Cobalt Style MCM yangi avlod asboblar paneli bilan jihozlangan.
Ushbu avtomobilda o‘rindiqlarni isitish funksiyasi mavjud. Shuningdek, kruiz-kontrol tizimi haydovchiga uzoq safarlarda qulaylik yaratadi. Multirul orqali asosiy funksiyalarni boshqarish mumkin.
Qaynoq24.uz yangilangan Chevrolet Cobalt va Damas taqdim etilgani haqida yozgan edi.

